Alvares JCHdan keyin “Barselona”ga o‘tishi mumkin

Sport

image

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” jamoasi hujumchisi Xulian Alvares 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng “Barcyelona” safiga o‘tishi mumkin. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.  

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchining ehtimoliy transfer narxi 70 million yevro atrofida baholanmoqda. Ma’lumotni bir nechta jurnalistlar ham tasdiqlamoqda.

Xabarga ko‘ra, 26 yoshli hujumchi sovrinlar uchun muntazam kurasha oladigan jamoada to‘p surishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Alvares 2024 yil yozidan buyon “Atletiko Madrid” safida harakat qilib kelyapti. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 100 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Ispaniya “Atletiko Madrid” Xulian Al'vares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing