Alonsoning “Real”dagi kelajagi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
11 dekabr 6736 1 daqiqa
“Real Madrid” rahbariyati Xabi Alonsoning klubdagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi. Klub jamoaning bosh murabbiyini “Manchester Siti”ga mag‘lub bo‘linganiga qaramay, iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Patrik Bergerga tayanib, “Football today” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, iste’fo haqida tarqalgan mish-mishlarga qaramay, “Real Madrid” bosh murabbiyi Xabi Alonso yaqin vaqt ichida lavozimini tark etmaydi. Klub rahbariyati unga jarohatdagi futbolchilar qaytgach, tizimni qayta shakllantirish uchun yana bir imkoniyat berishga qaror qilgan.
Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasidagi “Manchester Siti”dan 2:1 hisobida mag‘lubiyat va jamoaning so‘nggi natijalari fonida Ispaniya matbuotida Anonsning iste’fosi haqida taxminlar paydo bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Xabi Alonso Germaniyaning “Bayer Leverkuzen” jamoasi bilan katta muvaffaqiyatlardan so‘ng shu yilning yozida “Real Madrid” bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan edi.
Eslatib o‘rtamiz, avvalroq “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres klub direktorlar kengashi bilan uchrashib, jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoning kelajagini muhokama qilgani va yana bir salbiy natijadan so‘ng Alonsoning “Real”dagi faoliyati uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi