“Siti” “Real” futbolchisini sotib olmoqchi
Sport
−
14 fevral 2571 1 daqiqa
“Manchester Siti” “Real Madrid” yarim himoyachisi Eduardu Kamavingani sotib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Real Champs” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola fransuz futbolchisiga bo‘lgan qiziqishni shaxsan ma’qullagan va uni jamoaning kelajagi uchun muhim strategik kuchaytiruv sifatida ko‘rmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Kamavinga Alvaro Arbeloa loyihasi doirasidagi “Real Madrid”ning uzoq muddatli rejalariga to‘liq kirmaydi. Klub transferdan maksimal foyda olish hamda futbolchining 2027 yil yozida shartnomasi yakuniga yaqinlashib, arzonroq ketib qolish xavfini oldini olish maqsadida uni keyingi transfer oynasida sotish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” futbolchi uchun ikki xil narx belgilagan: Saudiya Arabistoni klublari uchun transfer summasi 120 million yevroga baholanmoqda, Yevropa jamoalari uchun esa bonuslar bilan birga 80 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Kamavinganing o‘zi ham yaxshiroq taklif tushsa, transferga tayyor ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pep Gvardiola kelasi mavsum oldidan o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirayotganini va “Roma” himoyachisi Uesli Fransani tarkibni kuchaytirish uchun eng maqbul variant sifatida ko‘rilayotgani haqida xabar berilgandi.