“Amerika ovozi”ning 600 dan ortiq xodimi ishdan bo‘shatildi

Olam

image

Kecha, 20 iyun kuni Amerika global media agentligi (USAGM) “Amerika ovozi” tahririyatida navbatdagi keng ko‘lamli shtat qisqartirishlarini e’lon qildi. Bu haqda radiostansiya direktori Maykl Abramovich ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi bildirishnomalar 600 dan ortiq xodimga yuborilgan.

Yil boshida mavjud bo‘lgan shtat sonidan yetti barobarga kamaytirilib, tahririyatda 200 dan kamroq kishi qolishi kutilmoqda. Jurnalistlar va texnik xodimlar 1 sentyabrgacha pullik ta’tilga chiqarilgan.

Abramovich qisqartirishlar “hech qanday strategiyasiz va maqsadsiz amalga oshirilmoqda” deb ta’kidlab, bu jarayon AQSH milliy xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazishini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Amerika ovozi” bu harakatlarga qarshi sudda kurashishni davom ettiradi.

Joriy yilning 14 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp yettita federal agentlikdagi xodimlarni keng ko‘lamli qisqartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ular orasida “Ozodlik radiosi” faoliyatini nazorat qiluvchi AQSH Global media agentligi (USAGM) va “Amerika ovozi” ham bor edi.

Oradan ikki kun o‘tib, “The Washington Post” nashri “Amerika ovozi” direktori Maykl Abramovichga tayanib, ushbu radiostansiya faoliyati to‘xtatilgani haqida xabar berdi. Shu fonda OAV rahbariyati 1,3 mingdan ortiq xodimni majburiy ta’tilga chiqarishga majbur bo‘ldi. “Reuters”  ma’lumotlariga ko‘ra, “Ozodlik radiosi” ham xuddi shunday vaziyatga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Amerika ovozi USAGM

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing