Amerikalik reperning mashinasidan 14 yoshli qizning chirigan jasadi chiqdi
Olam
−
18 aprel 13126 1 daqiqa
D4vd taxallusi bilan tanilgan amerikalik reper Devid Entoni Berk 14 yoshli qizchani o‘ldirishda gumon qilinib hibsga olindi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
14 yoshli Cyelaste Rivasning jasadi unga tegishli politsiya tomonidan musodara qilingan mashinadan topilgan.
Ma’lum qilinishicha, Berkning hibsga olinishi politsiya Rivasning chirigan jasadini uning nomiga ro‘yxatdan o‘tgan Tesla avtomobilining yukxonasidan topganidan yetti oy o‘tgach sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, tergovchilar mashinadan ikkita qora sumka topgan. Birida chirigan bosh va tana, ikkinchisida esa boshqa tana qismlari bo‘lgan. Los-Anjeles okrugi prokuraturasi dushanba kuni Devid Entoni Berkga qarshi ishni rasmiy ayblovlar bo‘yicha ko‘rib chiqishi aytilmoqda. Berkning advokatlari uning aybsizligini qat’iy himoya qilishlarini aytib, bayonot bergan.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli reper Nyu-York shtatining Kvins shahridan bo‘lgan. Berk 2022-yilda uning "Romantik qotillik" qo‘shig‘i TikTok’da xitga aylanganidan so‘ng internetda mashhurlikka erishgan. Selest Rivas 2024-yilda 13 yoshida bedarak yo‘qolgan. Reperning mashinasidan topilgan jasad Los-Anjeles politsiya departamenti tomonidan bedarak yo‘qolgan kaliforniyalik o‘smir Selest Rivasga tegishli ekanligini aniqlagan.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi