Meksikada erkakning 2 jazmani uning jasadi oldida mushtlashdi (video)

Olam

image

Meksikalik erkakning dafn marosimida uning ikki jazmani bir-biri haqida bilib qoldi va tobut tepasida mushtlashuv uyushtirdi. Ushbu voqea marhum bilan ommaviy vidolashuv chog‘ida sodir bo‘lgan. Bu haqda kecha, 8 aprel kuni “Need To Know” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, to‘polon vidolashuv vaqtida ayollardan biri ikkinchisining tobut tepasida marhumga qarata shivirlab aytgan mehrli so‘zlarini eshitib qolganidan boshlangan. 

“Azizim, seni sog‘inaman”, degan u. 

Bu marhumning xiyonati fosh bo‘lishidagi asosiy detalga aylangan. Ayollar bitta erkak bilan uchrashib yurganini tushunib qolgach, o‘rtadagi suhbat avval dahanaki jangga, keyin esa tobut yonidagi mushtlashuvga aylanib ketgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida erkak tushida ayolining o‘ziga nisbatan xiyonat qilganini ko‘rib, uxlab yotgan xotinini o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jasad Meksika jazman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing