Amsterdamdagi yahudiylar maktabida portlash sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 14 mart kuni erta tongda Niderlandiya poytaxti Amsterdamdagi yahudiylar maktabida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi. 

Portlash shaharning janubiy qismidagi turarjoy hududida joylashgan maktab binosida yuz bergan. Rasmiylarga ko‘ra, hodisa natijasida bino qisman zarar ko‘rgan. Voqea joyiga politsiya va o‘t o‘chiruvchilar tezda yetib kelgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Amsterdamdagi yahudiylar ibodatxonasi va muassasalarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Bunga juma kuni Rotterdam markazidagi ibodatxonada sodir bo‘lgan o‘t qo‘yish hodisasi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Shuningdek, Belgiyaning Lej shahrida ham dushanba kuni yahudiylar ibodatxonasida portlash yuz berib, yong‘in chiqqan.

Amsterdam meri Femke Xalsema bunday hodisalarni “yahudiylar jamoasiga qarshi qo‘rqoqlarcha tajovuz” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda shaharda antisemitizm holatlari ko‘paymoqda.

Mutaxassislar AQSH va Isroilning Eronga zarbalari hamda Tehronning javob choralaridan keyin dunyoning turli joylarida yahudiylar jamoasiga qarshi ehtimoliy hujumlar bo‘yicha xavotirlar kuchayganini qayd etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida kafe portlashi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Amsterdam Niderlandiya Bel'giya yahudiy Rotterdam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing