Andijonda ichki a’zolariga taqinchoq yashirgan ayollar ushlandi
3-sahifa
−
15 noyabr 4620 1 daqiqa
Andijon viloyatida 200 mln so‘mlik taqinchoqlarni ichki a’zolariga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan uch ayol qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon aeroportida xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar yo‘lga qo‘yilishi bilan birga bojxona nazorati jarayonida qonunbuzarliklarning oldi olinmoqda. Xususan, Istanbul–Andijon yo‘nalishi bilan uchib kelgan bir guruh yo‘lovchilar bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan. Belgilangan tartibda o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik davomida 3 nafar ayol tomonidan umumiy og‘irligi 225,3 gramm bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini ichki a’zolariga yashirgan holda olib kirishga urinilgani aniqlangan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan. Dastlabki baholashga ko‘ra, ushlab qolingan taqinchoqlarning qiymati 200 million so‘mni tashkil etadi. Taqinchoqlar vaqtincha saqlovga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Bojxona boshqarmasining “Qorasuv” chegara bojxona postida qo‘shni davlat fuqarosi ichki kiyimlari orasida taqinchoqlarni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi