Andijonda IIO xodimi va uning qizi xizmat uyida vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 18 noyabr kuni Andijon viloyatida Ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelgan xodim va uning 1 nafar qizi o‘z xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Shamsutdinovga ko‘ra, xodim o‘z xizmat uyida vafot etgan. Uning yonida voyaga yetmagan 2 nafar farzandi ham bo‘lgan. Qayd etilishicha, farzandlaridan biri ham zaharlanish oqibatida dadasi bilan birga vafot etgan. Bir nafar qizi esa omon qolgan va ayni damda shifoxonada davolanmoqda.

Shamsutdinovning qo‘shimcha qilishicha, holat bo‘yicha ayni damda tergov oldi tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida profilaktika inspektori chaqiruv vaqtida pichoqlanishi oqibatida vafot etgandi. Uni pichoqlagan 65 yoshli fuqaro esa qochib ketib, joriy yilning 4 iyul kuni qabristondagi makkapoya ichida qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing