Andijonda o‘smirlar radarni urib tushirib, kanalga oqizib yubordi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Marhamat tumanida 3 nafar o‘smir radar qurilmasini urib tushirib, kanalga oqizib yubordi. Bu haqda “Bu kun” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 9 yanvar kuni Asaka–Marhamat avtomobil yo‘lida o‘rnatilgan tezlikni aniqlovchi avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish qurilmasi noma’lum shaxslar tomonidan buzilib, o‘g‘irlab ketilgani haqida ichki ishlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni uch nafar voyaga yetmagan shaxs sodir etgani ma’lum bo‘lgan.

Ular radarni yog‘och bilan urib tushirib, keyin kanalga tashlab ketgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyatining Andijon shahrida 52 ta radar kamerasiga pnevmatik miltiqdan o‘q otgan erkak ushlangandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jinoyat Andijon radar o'smirlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing