Angrenda odamlarni Yevropaga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
06 avgust 3004 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Angren shahrida odamlarni Latviya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Angren shahri bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.N. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga Latviya davlatiga borishi uchun 8 250 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida ishchi viza olib berishini va’da qilgan. U oldindan 2 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda fuqarolarni Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlangandi. U 9 nafar fuqaro bilan soxta shartnomalar tuzgan va jami 12 500 dollar hamda 73,2 mln so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi