Toshkentda talaba qiz va Xitoy fuqarosi pichoqlab o‘ldirildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanida 22 yoshli qiz va uning tanishi bo‘lgan 51 yoshli xitoylik erkak pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 21 may kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi – 2004 yilda tug‘ilgan qiz va uning tanishi – 1975 yilda tug‘ilgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosini rashk sababli pichoqlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, pichoqlangan xitoylik shaxs voqea joyida vafot etgan, qiz esa voqeadan ikki kun o‘tib, joriy yilning 23 may kuni shifoxonada jon bergan. Ushbu holatni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi. 

Tahririyatga kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, pichoqlangan qiz oliygohning talabalar turar joyida yashagan. Hozircha mazkur holat yuzasidan universitet hech qanday rasmiy munosabat bildirmadi. QALAMPIR.UZ jurnalisti universitet rasmiylari bilan bog‘langanda voqea to‘liq inkor qilinmagan bo‘lsa-da, u haqida ma’lumot ham berilmadi. 

Mazkur holat yuzasidan o‘rindosh o‘qituvchiga nisbatan Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yigit rashk tufayli o‘zi bilan unashtirilgan, 11 sinfda tahsil oladigan sevgilisini pichoqlab o‘ldirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent prokuratura talaba qiz O'zbekiston davlat jahon tillari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing