Antarktida muzlari tez eriyapti. Sabab yana odamlarmi?

Bu qiziq

image

Antarktida muzliklarining erib borayotgani va dengiz sathining ko‘tarilishi barchaga ma’lum. Biroq olimlar so‘ngi yillarda Antarktidada sayyohlar sonining oshishi tufayli uning ekologiyasiga katta zarar yetayotganini aniqlandi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Antarktida sayyohlik operatorlari xalqaro assotsiatsiyasi (IAATO) ma’lumotlariga ko‘ra, yillik tashrif buyuruvchilar 1990 yillarda 8000 dan kam bo‘lgan. O‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 124 000 dan ortiqni tashkil qilgan. Progrnozlar shuni ko‘rsatadiki, 2034 yilga borib sayyohlar soni 450 000 ga yetishi mumkin.

“Turizmning kuchayishi va tadqiqot bazalarining kengayishi janubiy qit’ani ifloslantirmoqda, qor erishini tezlashtirmoqda va iqlim o‘zgarishi xavfi ostida qolgan nozik ekotizimlarga tahdid solmoqda”, deb yozadi “Nature sustainability” jurnali.

Qayd etilishicha, Chili, Germaniya va Niderlandiyadan kelgan tadqiqotchilar Antarktidaning ifloslanish darajasini o‘lchash uchun to‘rt yil sarflashdi. Ular odamlar faol bo‘lgan hududlarda nikel, mis va qo‘rg‘oshin kabi zaharli metallarning konsentratsiyasi 40 yil oldingiga qaraganda 10 baravar yuqori ekanini aniqlagan.

Bir mavsumda 55 ta turagentliklari taxminan 570 ga yaqin sayohatni amalga oshirgan. Ularning uchdan ikki qismi kichikroq ekspeditsiya kemalarining yo‘lovchilari bo‘lgan. Biroq IAATO yo‘lovchilarga qirg‘oqqa qo‘nishni cheklashdan tortib, bioxavfsizlikni tekshirishga qadar ko‘rsatma bergan bo‘lsa ham, Antarktidada sayohat qilishning o‘zi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Avvalgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘rtacha sayyohlik safari har bir yo‘lovchi uchun 5,44 tonna CO2 emissiyasini atmosferaga chiqishiga olib keladi.

“Antarktidada sayyohlar tez-tez boradigan hududlarda ifloslantiruvchi zarralar mavjudligi sababli qor tezroq eriydi. Birgina sayyoh 100 tonnaga yaqin qor erishini tezlashtirishga hissa qo‘shishi mumkin”, deydi tadqiqotchi Raul Kordero.

Antarktida shartnomasi yuqoridagi muammolarni oldini olish uchun og‘ir mazut kabi ifloslantiruvchi moddalardan foydalanishni taqiqlaydi. Shuning uchun ko‘pgina sayyohlik kompaniyalari gibrid elektr kemalarini joriy qilishni boshladi. 

Olimlar bu kabi choralar yetarli emasligini aytadi. Qayta tiklanadigan energiyaga  o‘tish, hamda qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni qisqartirish faqatgina muammoning birlamchi yechimi bo‘lishi mumkin.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Barselona universiteti va Kork universitet kollejining xalqaro olimlar jamoasi Antarktida muzlari ostida 332 ta ulkan suvosti kanonlarini aniqlagan edi.

Malikabonu Muhammedova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Antarktida muzliklar IAATO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing