APLda 9-tur uchrashuvlari qanday natijalar bilan yakunlandi?

Sport

image

Kecha, 26 oktyabr kuni Angliya Primer-ligasi doirasidagi 9-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Turda amaldagi peshqadam “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida “Kristal Pelas” ustidan kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi. “Liverpul” safarda “Brentford” ga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” “Brayton” ustidan g‘alaba qozondi. Pep Gvardiola shogirdlari kutilmaganda “Aston Villa”ga qarshi kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Turning qolgan uchrashuvlaridagi tafsilotlari bilan tanishing:

“Lids Yunayted” 2:1 “Vest Xem”

“Lids” o‘z uyida ishonchli o‘yin namoyish etdi va g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limda avvalida mezbonlar hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. “Vest Xem” esa uchrashuvning so‘nggi daqiqalariga kelib birgina javob topini yo‘llashning imkonini topa oldi, biroq bu yetarli bo‘lmadi va yakunda “Lids Yunayted” 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

“Chelsi” 1:2 “Sanderlend”

Turda “Chelsi” o‘z maydonida raqibga imkoniyatni boy berdi. Mezbonlar dastlabki daqiqalardayoq gol urganiga qaramay, “Sanderlend” qarshi hujumlardan unumli foydalanib, muhim g‘alabaga erishdi.

“Nyukasl” 2:1 “Fulhem”

“Nyukasl” muxlislari qarshisida faol o‘yin ko‘rsatib, hisobda oldinga chiqdi. “Fulhem” javob golini urgan bo‘lsa-da, mezbonlar uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida g‘alaba topini yo‘llab, muhim natijani qo‘lga kiritdi.

“Manchester Yunayted” 4:2 “Brayton”

“Manchester Yunayted” ushbu o‘yindan keyin turnir jadvalida yuqori pog‘onalarga joylashib oldi. Klub 4 ta goli orqali ketma-ket 3-g‘alabasini nishonladi.

“Brentford” 3:2 “Liverpul”  

“Brentford” o‘z maydonida fidokorona xarakter ko‘rsatib, kuchli raqib ustidan zafar quchdi. “Liverpul”da mag‘lubiyatlar seriyasi davom etmoqda. Mersisaydliklar ushbu mag‘lubiyatdan keyin turnir jadvalida 7- o‘ringa tushib qoldi.

“Arsenal” 1:0 “Kristal Pelas”

Tartibli va ehtiyotkor o‘yinda “Arsenal” yagona gol evaziga g‘alaba qozondi. “Pelas” himoyada yaxshi o‘yin namoyish etdi, lekin hujumda samarasizlik evaziga mag‘lubiyatga uchradi.

“Aston Villa” 1:0 “Manchester Siti”

Turdagi yana bir sensatsiyalardan bir “Villa Park”da kuzatildi. “Aston Villa” o‘z maydonida “Manchester Siti”ga qarshi bahsda birgina gol evaziga g‘olib bo‘ldi.

“Bornmut” 2:0 “Nottingem Forest”

“Bornmut” o‘z maydonida ishonchli hisobda “Nottingem Forest”dan ustin keldi. Mehmonlarning hujumdagi harakatlari samarasiz yakunlandi.  

“Vulverxempton” 2:3 “Byornli”

Bu uchrashuvda muxlislar gollarga boy o‘yin guvohi bo‘ldi. “Byornli” jangovar va ochiq o‘yinda mehmon sifatida g‘alaba qozondi. So‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga mehmonlar muhim g‘alabaga erishdi.

“Everton” 0:3 “Tottenhem Xotspur”

Turda “Tottenhem” mehmonda yirik hisobda g‘alaba qozondi. Londonliklar ushbu g‘alabadan keyin turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi.

Ma’lumot uchun, yakuniga yetgan tur uchrashuvlaridan keyin “Arsenal” jamoasi 22 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. “Bornmut” turdagi g‘alabasidan so‘ng ochkolarini 18 taga yetkazib olgan holda 2-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. “Tottenhem” esa 3-o‘rinni egallagan. Navbatdagi tur uchrashuvlari joriy yilning 1 noyabr kunidan start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Arsenal” 9-tur Prim'er-liga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing