APLning eng yaxshi transferlari e’lon qilindi
Sport
−
14 Oktabr 1780 2 daqiqa
Angliya Premer-ligasida 2025-2026 yilgi mavsum uchun eng yaxshi transferlar e’lon qilindi. “The Athletic” nashri yozgi transfer oynasining eng yaxshi 13 bitimini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Janluiji Donnarummaning “Manchester Siti”ga o‘tishi 2025 yil yozining eng muvaffaqiyatli transferi deb topildi.
Nashr ma’lum qilishicha, yozgi transfer oynasidagi eng muvaffaqiyatli bitimlarni aniqlash maqsadida 20 nafar futbol agenti o‘rtasida maxsus so‘rovnoma o‘tkazgan.
Natijalarga ko‘ra, Donnarumma 6 ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda “Manchester Siti”dan “Everton”ga ijaraga o‘tgan Jek Grilish, uchinchi pog‘onada esa “Sporting” klubi forvardi Viktor Gyokereshning “Arsenal”ga transferi joy oldi.
Quyida APL yozgi transfer oynasining TOP-13 eng yaxshi bitimi keltirilgan:
- Janluiji Donnarumma (PSJdan – “Manchester Siti”ga)
- Jek Grilish (“Manchester Siti”dan – “Everton”ga)
- Viktor Gyokeresh (“Sporting”dan – “Arsenal”ga)
- Aleksandr Isak (“Nyukasl”dan – “Liverpul”ga)
- Joau Pedro (“Brayton”dan – “Chelsi”ga)
- Ebereche Eze (“Kristal Pelas”dan – “Arsenal”ga)
- Xarvi Elliot (“Liverpul”dan – “Aston Villa”ga)
- Martin Subimendi (“Real Sosiyedad”dan – “Arsenal”ga)
- Brayan Mbeumo (“Brentford”dan – “Manchester Yunayted”ga)
- Kristian Moskera (“Valensiya”dan – “Arsenal”ga)
- Jovanni Leoni (“Parma”dan – “Liverpul”ga)
- Xavi Simons (“Leypsig”dan – “Tottenhem”ga)
- Tiani Reynders (“Milan”dan – “Manchester Siti”ga)
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Angliya Premer-ligasida 2025 yil sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Live
Barchasi