Gvardiola Husanov qachon maydonga tushishini aytdi

Sport

image

“Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov jarohatidan to‘liq tuzaldi. U ertaga, 29 oktyabr kuni Liga kubogi doirasida “Suonsi”ga qarshi maydonga tushishi mumkin. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola ma’lum qildi.

Gvardiola Abduqodir Husanovning holati bo‘yicha fikr bildirgan.

“Husanov jarohatdan tuzaldi, u tayyor. Ertaga bir necha daqiqa o‘ynaydi”, degan murabbiy.

Qayd etish joiz, oldinroq Abduqodir Husanov jarohatdan tuzalib, jamoa mashg‘ulotlariga qaytgan edi. U bir necha hafta oldin “Arsenal”ga qarshi o‘yinda oyog‘idan jarohat olgan. Shundan so‘ng, u shifokorlar nazorati ostida tiklanish jarayonini o‘tkazgan va barcha tibbiy tavsiyalarga amal qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” futbolchisi Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat himoyachisiga aylangani haqida xabar berilgandi. “Bavariya” tarkibida to‘p tepuvchi janubiy koreyalik himoyachi Kim Min Jayening transfer narxi 40 million yevrodan 32 million yevroga tushgan. Mazkur o‘zgarishdan so‘ng 35 million yevroga baholangan o‘zbekistonlik futbolchi qit’aning eng qimmat himoyachisi bo‘lgan.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Manchester Siti Pep Gvardiola Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing