Argentina Messining xet-trigi evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi

Sport

image

Bugun, 17 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Argentina va Jazoir terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahs Argentina terma jamoasining 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan tugadi.

Argentina terma jamoasi sardori va yulduz hujumchisi Lionel Messi xet-trik qayd etdi. 38 yoshli futbolchi 17-daqiqada Rodrigo de Paulning uzatmasidan keyin hisobni ochgan bo‘lsa, 60 va 76-daqiqalarda ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Uchinchi golga Nikolas Gonsales assistentlik qildi.

Messi uchrashuvda to‘rtta gol urishi ham mumkin edi. Biroq Leoning 5-daqiqada kiritgan goli ofsayd sababli bekor qilindi. Shu tariqa Argentina terma jamoasi 1-turdan so‘ng “J” guruhi yetakchisiga aylandi.

Endilikda Argentina terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini joriy yilning 22 iyun kuni Avstriyaga qarshi o‘tkazadi. Jazoir terma jamoasi esa 23 iyun kuni Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Jazoir Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing