Argentina Jahon chempionatidan chetlashtirilishi mumkin

Sport

image

FIFA Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) rahbariyati bilan bog‘liq janjal tufayli terma jamoani 2026 yilgi Jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin. Bu haqda “eldestape” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, amaldagi jahon chempionining diskvalifikatsiya qilinishiga sabab mamlakatdagi korrupsiya bilan bog‘liq tergovlar hisoblanadi. Hozirda  AFA prezidenti Klaudio Tapia, uning  vakili Pablo Tovigino va g‘aznachi o‘rinbosari Luchano Nakisaga qarshi tergov doirasida yangi tintuvlar o‘tkazilmoqda. Amaldorlar murakkab moliyaviy sxemalar orqali noqonuniy boylik to‘plashda gumon qilinmoqda.

Shuningdek, mamlakatda milliy terma jamoa va bir nechta klublarga homiylik qilgan “Sur Finanzas” moliyaviy kompaniyasiga qarshi parallel tergov olib borilmoqda. Kompaniya rahbari biznesmen Ariel Valexo Tapianing yaqin do‘sti hisoblanadi. Tergovchilar kompaniyaning o‘zlashtirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, Argentina terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi haqidagi qaror endi sud tizimining tezligiga bog‘liq. FIFA mahalliy sudlar rasmiylarning aybdorlik darajasini iloji boricha tezroq aniqlashini va ularni vaqtinchalik ishdan chetlatish yoki oqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishini kutmoqda. Shu jarayon tugaguncha amaldagi jahon chempionining kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Unda Argentina guruh bosqichida Avstriya, Jazoir va Iordaniya bilan bir guruhda o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina politsiyasi mamlakatda 550 million dollarlik firibgarlik va korrupsiya bo‘yicha davom etayotgan tergov doirasida milliy futbol federatsiyasi va 35 ta klub ofislarida reyd o‘tkazgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Argentina FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing