Argentinada o‘yindan so‘ng 20 yoshli ayol hakam kaltaklandi (video)
Sport
−
26 yanvar 2031 1 daqiqa
Argentinada 20 yoshli hakam Viktoriya Kruz futbol o‘yinidan so‘ng tajovuzga uchradi. Bu haqda “La Nacion” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Kruz havaskorlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi uchrashuvda hakamlik qilgan. Yakuniy hushtakdan keyin bir guruh muxlislar unga hujum qilib, yerga yiqitgan, sochlaridan tortgan va boshiga bir necha bor musht tushirgan.
Hodisa oqibatida qiz qisqa muddatga hushini yo‘qotgan. U shifoxonaga yetkazilgan, biroq tekshiruvlar natijasida jiddiy jarohatlar aniqlanmagan.
Hakamni himoya qilishga uringan futbolchilardan biri ham kaltaklangan va shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda politsiya hodisaga aloqador barcha shaxslarning shaxsini aniqlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boliviya kubogining chorak finalida “Real Oruro” va “Bluming” o‘rtasidagi uchrashuv katta janjal bilan yakunlangandi. Oqibatda hakam futbolchilarga 17 ta qizil kartochka ko‘rsatgan.
Live
Barchasi