“Barselona” darvozaboni jarohat oldi
Sport
−
07 yanvar 3629 1 daqiqa
“Barselona” jamoasi darvozaboni Mark-Andre Ter Shtegen jarohat oldi va jamoaning Saudiya Arabistonidagi lagerini tark etdi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, germaniyalik darvozabon tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Barselonaga qaytgan va uning o‘rniga tarkibga Diyego Kochen jalb qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ter Shtegen mashg‘ulotlar davomida jarohat olgan va u yanvar oyidagi o‘yinlarda ishtirok etmasligi mumkin.
Hozirda jamoa Ispaniya Superkubogi yarim final uchrashuvi va ehtimoliy final uchrashuvini o‘tkazish uchun Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi. “Barselona”ning yarim final doirasidagi “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘yin bugun, 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” darvozaboni Mark-Andre Ter Shtegen muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida Kataloniyaning boshqa bir jamoasi “Jirona”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.