“Arsenal” Yildiz uchun kurashga qo‘shildi
Sport
−
04 dekabr 710 1 daqiqa
Londonning “Arsenal” klubi “Yuventus”ning 20 yoshli turkiyalik futbolchisi Kenan Yildizga qiziqish bildirmoqda. “To‘pchilar” bosh murabbiyi Mikel Arteta Yildizni ustuvor maqsadlardan biri deb hisoblamoqda. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Arsenal” Yildizning “Yuventus”dagi shartnomasi holatini diqqat bilan kuzatmoqda. Hozirda futbolchi va klub o‘rtasida maosh bo‘yicha tafovut mavjud. Turin klubiga Kenanga yillik 5 million yevro taklif qilayotgan bo‘lsa, Yildiz 6-7 million yevro talab qilmoqda. Bu kelishmovchilik “Arsenal”ga turkiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun imkoniyat yaratadi.
“Yuventus” endi qiyin tanlov oldida: yosh iste’dodni saqlab qolish yoki uni “Arsenal”ga qo‘yib yuborish. Muzokaralarning to‘xtab qolishi boshqa Yevropa klublarining ham e’tiborini jalb qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kenan Yildiz joriy mavsumda “Yuventus” safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso yozgi transfer oynasida “Yuventus” futbolchisi Kenan Yildizni qo‘lga kiritishni rahbariyatdan so‘raganligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi