“Aviasozlar” bozorida yana yong‘in sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 4 yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan “Aviasozlar” bozoridagi do‘konlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 19:19 da Yashnobod tumanining Aviasozlar ko‘chasida joylashgan “Aviasozlar” dehqon bozori AJ hududidagi do‘konlarning biri yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 19:24 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:29 da qurshab olingan va soat 19:34 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida do‘konning taxminan 20 kvdrat metr maydondagi ichki va shift qismi yonib zararlangan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan va hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 13 dekabr kuni ham “Aviasozlar” bozorida yong‘in sodir bo‘lgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda sizdiriligan videolarda yong‘in ko‘lami katta bo‘lganini ko‘rish mumkin. Internet foydalanuvchilari bozor butunlay yonib kul bo‘lganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Aviasozlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing