Avstraliyada Eron futbolchilarining pasportlari olib qo‘yilgan – OAV

Sport

image

Eron ayollar terma jamoasi Avstraliyadagi Osiyo kubogiga yetib borganida futbolchilarning pasportlari musodara qilingan. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, “The Athletic” nashri xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, o‘yinchilarning pasportlari ularning Avstraliyadan chiqib ketishini qiyinlashtirish maqsadida musodara qilingan. Shu bilan birga, futbolchilarning telefonlari ham tinglangan va olib qo‘yilgan.
 
Manbalarga ko‘ra, jamoa Eronni tark etishdan oldin futbolchilardan mamlakat hukumatiga moliyaviy kafolat sifatida katta miqdorda pul qoldirish, shuningdek, oilalari va o‘zi qayerda ekanligi haqida ma’lumot berish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, Eron terma jamoasi Avstraliyada bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichidagi uchta o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘ldi. Ular joriy yilning 2 mart kuni Janubiy Koreyaga qarshi birinchi o‘yindan oldin (0:3) jamoa davlat madhiyasini kuylamadi, bu esa Eronda tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Xususan, jamoaning yetti a’zosi o‘z vatanlarida davlat madhiyasini kuylashdan bosh tortgani sabab “xoinlar” deb atalgach, ular Avstraliyadan boshpana so‘radi. Keyinchalik AQSH Prezidenti Donald Tramp ham Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albanezega bog‘lanib, eronlik futbolchilarga boshpana berishni so‘radi.

Shundan so‘ng Avstraliya hukumati Eron milliy terma jamoasining olti nafar ayol futbolchisiga gumanitar viza berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Avstraliya Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing