Avtomobil importi bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi 

Jamiyat

image

Endi jismoniy va yuridik shaxslar bir yil ichida xorijdan bittadan ko‘p transport vositasi olib kirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 4 iyundagi “Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 104-sonli farmonida so‘z boradi.

Hujjatga binoan, 2029 yil 1 iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, qurilish ishlarida foydalaniladigan maxsus texnika vositalar hamda laboratoriya va instrumental ko‘rik asbob-uskunalar bojxona bojidan ozod etildi. Bunda Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda bojxona bojidan ozod etiladigan maxsus texnika vositalari ro‘yxatini tasdiqlaydi. 

Bundan tashqari, 2026 yil 1 sentyabrdan:

  • binolarni qayta qurish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish xizmatlari birlashtirilib, yagona “arxitektura va shaharsozlik talabi” tizimi yo‘lga qo‘yiladi; 
  • ko‘p kvartirali uylar, mehmonxonalar, savdo majmualari va qiymati 3 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan byudjet ob’ektlarida videokuzatuv kameralarini majburiy o‘rnatish tartibi joriy etiladi; 
  • ob’ektlarni elektr, gaz va suv tarmoqlariga ulash “1 ta ariza – 1 ta to‘lov – barcha ulanish nuqtalari” tamoyili asosida soddalashtiriladi. 

Shuningdek, hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”ga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan transport vositasini import qilishda bir yilda bir dona transport vositasiga muvofiqlik sertifikati berilishiga doir norma bekor qilindi. 

Unga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan transport vositasini import qilishda muvofiqlik sertifikati berishdagi “bir yilda bir dona transport vositasi” cheklovi olib tashlandi. Ya’ni, endi jismoniy shaxslar ham xorijdan cheklovlarsiz avtomobil import qilishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu farmonga muvofiq endi qurilishga ruxsat olishda tadbirkorlarning xarajatlari 2 barobargacha qisqartirilishi belgilangani haqida xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona Prezident farmoni import Avtomobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing