Ayblov xulosasiga qo‘l qo‘ymasang shu yerda chiriysan dedi – “Sanjik” (video)
3-sahifa
−
08 may 8621 1 daqiqa
Bugun, 8 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida “Real Sanjik” taxallusi bilan tanilgan bloger Sanjar Karimovga oid ish ko‘rilmoqda. Sudda u tergov jarayonida o‘ziga nisbatan bosim bo‘lganini aytdi. Bu haqda sud jarayonida qatnashayotgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.
“Meni tergovda ogohlantirmasdan majburiy tarzda olib qolib, ayblov xulosasiga qo‘l qo‘ymasang shu yerda chiriysan, dedi. Tishlarim ham to‘kilib ketdi. Meni majbur qildi. Qo‘l qo‘ymasang “dalshe” chiriysan, dedi”, deydi Sanjar Karimov.
Shuningdek, u sudda pul bergani uchun qamalganini bildirdi.
“Men pul berib qamaldim. “Toshturma”da so‘rashadi, nega o‘tiribsan deb, men aytdim pul berib qamaldim, deb. Hurmatli raislik etuvchi, aybim uy sotib olganimmi yoki pul berganimmi?”, deydi Sanjar Karimov.
Shu bilan birga, u pulsiz va uysiz qolganini, “kuyov” uni aldaganini aytdi.
“Meni puli bor deb, tiqib qo‘yishdi. Hozir endi menda pula ham yo‘q, uy ham yo‘q. Hech narsa yo‘q. “Afirist” kuyov aldadi”, deydi Sanjar Karimov.
Ayni daqiqada sudning so‘nggi jarayoni davom etmoqda. Voqea tafsilotlarini tez orada QALAMPIR.UZ'ning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Live
Barchasi