Ayol futbolchilarni dushda videoga olgan murabbiy umrbod futboldan chetlatildi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Chexiya ayollar terma jamoasining sobiq murabbiyi Petr Vlaxovskini futboldan umrbod chetlatdi. U ayol futbolchilarni kiyim almashtirish va dush qabul qilish vaqtida yashirincha videoga olgan. Bu haqda “The Athletic” xabar beradi.

Nashrning yozishicha, 2019 va 2023 yillar oralig‘ida Vlaxovski ryukzagiga o‘rnatilgan yashirin kameradan foydalanib, ayol futbolchilarning mashg‘ulotlar va o‘yinlardan oldin hamda keyin kiyinish xonalarida dush qabul qilayotgani va kiyim almashtirayotganini tasvirga olgan. Sportchilarning eng yoshi 17 yoshda bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, UEFA Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ni shunga o‘xshash sanksiyalarni joriy etishga hamda Chexiya futbol assotsiatsiyasidan mutaxassisning murabbiylik litsenziyasini bekor qilishni talab qilishga chaqirgan.

2023 yilda Vlaxovski ayol futbolchilarni kiyinish xonalari va dushlarda yashirincha suratga olgani aniqlangandan so‘ng, hibsga olingan. Keyin sud unga jabrlangan 13 sportchiga kompensatsiya to‘lashni buyurgan. 2025 yilning may oyida Chexiya sudi murabbiyni bir yillik shartli qamoq jazosiga va mamlakatda murabbiylik faoliyatini besh yilga taqiqlashga hukm qilgan.

Shuningdek, u kompyuterida topilgan bolalar pornografiyasini saqlashda aybdor deb topilgan. Chexiya futbol assotsiatsiyasi qarordan keyin murabbiyga boshqa jazo choralarini qo‘llay olmagan, chunki u endi assotsiatsiya a’zosi emas.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya UEFA Petr Vlaxovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing