Ayrim tovarlarga qo‘shimcha boj joriy qilinadi
Jamiyat
−
27 noyabr 3279 2 daqiqa
Ishlab chiqarilgan mamlakati noma’lum tovarlarga nisbatan qo‘shimcha boj joriy qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining bugun, 27 noyabr kuni qabul qilingan 1097-son qonuni bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan Bojxona kodeksida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojxona bojlari, tovarni jo‘natuvchi va eksport qiluvchi mamlakatdan qat’i nazar, O‘zbekiston savdo-iqtisodiy munosabatlarida eng ko‘p qulaylik berish rejimini qo‘llayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan boj tarifidan tashqari quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha bojxona boji undiriladi:
- bojxona bojining advalor stavkasi turi 10 foizgacha bo‘lgan tovarlarga nisbatan – 5 foiz;
- bojxona bojining advalor stavkasi 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lgan tovarlarga nisbatan – 10 foiz;
- bojxona bojining advalor stavkasi 20 foizdan 30 foizgacha bo‘lgan tovarlarga nisbatan – 15 foiz;
- bojxona bojining advalor stavkasi 30 foiz va undan yuqori bo‘lgan tovarlarga nisbatan – 20 foiz.
Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kunda e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari (TIF TN kod 8509 80) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod etilishi haqida xabar berilgan edi. https://qalampir.uz/news/havo-tozalagichlar-uchun-bozh-bekor-buldi-127670
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr