Andijonda ona va bola chegaradan oltin quymalarini olib o‘tayotganda ushlandi
3-sahifa
−
03 mart 4253 1 daqiqa
Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida ona va bola noqonuniy oltin quymalarini olib chiqib ketayotgan paytda to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Baliqchi tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan ayol va uning 20 yoshli qizi umumiy bahosi 819 mln so‘mni tashkil etuvchi, 7 dona nostandart shakldagi, jami 473 gramm oltin quymalarni kiyimlari ostiga yashirgan holda olib o‘tishni reja qilgan. Ammo, Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali Qirg‘iz Respublikasiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan paytda ushlangan.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik oltinni chegaradan noqonuniy olib o‘tgan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi