Ayshvariya Ray eri bilan ajrashyapti – OAV
Madaniyat-san’at
−
06 avgust 2024 81085 2 daqiqa
So‘nggi paytlarda hind matbuotini dunyo go‘zali, aktrisa Ayshvariya Rayning turmush o‘rtog‘i Abhishek Bachchan bilan ajrashayotgani haqidagi xabarlar egalladi.
Hali rasmiy tasdig‘ini topmagan mish-mishlarga ko‘ra, er-xotinning oilaviy hayotida ba’zi muammolar mavjud. Masalan, Ayshvariya qaynonasi Jaya Bachchan bilan yaxshi munosabatda emasligi hamda uydan chiqib ketgani haqidagi ma’lumotlar ommaga sizib chiqqan.
Shu sababli Hindistonda bo‘lib o‘tgan va yil to‘yi deb nom olgan Anant Ambani va Radhika Merchantning to‘yiga aktrisa turmush o‘rtog‘isiz, faqat qizi bilan borgan va xuddi shu to‘yda qatnashayotgan qaynona va qaynotasi bilan ko‘rishmagan, birgalikda suratga ham tushmagan.
Qolaversa, sergak hind poparatsiyachilari Ayshvariya Ray qizi bilan Nyu-Yorkda yolg‘iz dam olayotganini suratga olishgan.
Bu esa ajrim haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirgan.
Ammo juftlikning hech biri hozircha mish-mishlarga javob bergani, ularni tasdiqlaganicha yo‘q.
Ularning ajrashish yoqasida ekaniga yagona kichik dalil esa ijtimoiy tarmoqlarda Abhishek Bachchan xotini bilan ajrashayotgani haqidagi postga layk bosganidir.
Ma’lumot uchun, Ayshvariya Ray va Abhishek Bachchan Bollivudning eng sevimli juftliklaridan biri hisoblanadi. Bu juftlik filmlarda ishlashdan tortib, haqiqiy hayotda ham romantikaga va ertaklarga boy sevgi hikoyasini boshdan kechirgan. Abhishek va Ayshvariyaning to‘yiga bu yil 17 yil to‘ldi. Ularning bir nafar qiz farzandi bor.
Malika Norbekova
Live
Barchasi