Azmun AQSH va Isroil bilan hamkorlikda ayblanmoqda
Sport
−
27 mart 4500 1 daqiqa
Eron rasmiylari mamlakat terma jamoasi futbolchisi Sardor Azmunning mol-mulkini uning AQSH va Isroil bilan aloqalari tufayli musodara qilmoqchi. Bu haqda “Fars” xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda Azmundan tashqari yana 15 kishi bor. Eron rasmiylari ularni “terrorchi, Amerika va Isroil bilan hamkorlik qilayotgan yollanma askarlar” yoki “Isroil va Qo‘shma Shtatlar bilan bog‘liq yollanma askarlarni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslar” deb ta’riflagan. Xabarlarga ko‘ra, ushbu shaxslarning barchasi mamlakat tashqarisida yashaydi.
Xususan, joriy yilning 28 fevral kuni AQSH va Isroil tomonidan Eron hududidagi ayrim nishonlarga zarbalar berilgani, buning ortidan Eron ham javob zarbalari yo‘llagani mintaqadagi xavfsizlik vaziyatini murakkablashtirgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Sardor Azmunni Birlashgan Arab Amirliklari yetakchilari – Muhammad bin Rashid Ol Maktum va Muhammad bin Zayd ol-Nahayon bilan tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgani sabab Eron terma jamoadan chetlashtirgandi.
Live
Barchasi