BAA havo hududi 1 haftaga yopildi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati havo hududining qisman yopilishi muddatini 23 martgacha, ya’ni bir haftaga uzaytirdi. Bu haqda Yaqin Sharqdagi dispetcherlik xizmatlari xabar berdi. 

Manbaning ma’lum qilishicha, cheklovlar 23 mart kuni umumjahon vaqti bilan soat 12:00 gacha amal qiladi. Shu davrda BAA aeroportlariga keladigan va u yerdan uchib ketadigan reyslar uchun maxsus 6 ta yo‘nalish belgilangan. Bu yo‘nalishlar havo hududiga kirish nuqtalariga Ummon va Saudiya hududlari orqali olib boradi.

Ekipajlarga havo harakatini boshqarish xizmatlari yangilanishlarini muntazam kuzatib borish va zarur bo‘lsa, parvoz rejasini tezkor ravishda o‘zgartirish tavsiya etilgan.

Cheklovlarni uzaytirish qarori Dubayda sodir bo‘lgan hodisadan keyin qabul qilingan. 16 mart kuni ertalab xalqaro aeroport faoliyati uchuvchisiz uchish apparati hujumi sabab izdan chiqqan. Dron yoqilg‘i saqlanadigan rezervuarga zarar yetkazib, yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Yong‘in tezda o‘chirilgan, biroq aeroportda samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish vaqtincha cheklangan. Reyslar jadvalidagi uzilish tranzit yo‘lovchilarga ta’sir qilgan. 

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish vaqtida politsiya aeroportga olib boruvchi yo‘llarni vaqtincha yopgan. Shu sababli ayrim yo‘lovchilar terminalga o‘z vaqtida yetib bora olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAA havo hududining qisman yopilishi munosabati bilan Toshkentdan Dubayga uchgan reyslar jo‘nash aeroportiga qaytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Birlashgan Arab Amirliklari Yaqin Sharq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing