Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashdi. Qurbonlar bor
Olam
−
16 may 1623 1 daqiqa
Tailand poytaxti Bangkokda yuk poyezdi yo‘lovchi tashuvchi avtobus bilan to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Nation” gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, favqulodda hodisa Makkasan stansiyasi yaqinida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk poyezdi avtobusga borib urilgan va zarb oqibatida avtobusda yong‘in chiqqan. Shuningdek, to‘qnashuv tufayli bir nechta yengil mashina va mototsikllarga ham shikast yetgan. Jarohatlanganlardan ikki nafari og‘ir ahvolda. Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan hudud politsiya tomonidan o‘rab olingan.
Transport vaziri o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, avtobus temir yo‘l izlarida qolib ketgan (tiqilib qolgan). Halokatga uchragan poyezd og‘ir konteynerlarni tashiyotgan bo‘lgan va to‘qnashuvgacha o‘z vaqtida tormoz berishga ulgurmagan. Rasmiylar jabrlanganlarga kompensatsiya to‘lanishini va’da qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksika g‘arbidagi Nayarit shtatida sayyohlar avtobusi halokatga uchrashi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgandi, 31 kishi esa turli jarohatlar bilan shifoxonaga jo‘natilgan edi.
Live
Barchasi