“Barselona” Ispaniya Superkubogi finaliga yo‘l oldi

Sport

image

Kecha, 7 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Barselona” jamoasi “Atletik Bilbao” klubini yirik 5:0 hisobida mag‘lub etib, final bosqichiga chiqdi.

Saudiya Arabistonining “Al-Minaa” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsning 22-daqiqasida Ferran Torres hisobni ochdi. 30-daqiqada Fermin Lopes kataloniyaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Runi Bardagji hisobni oshirdi. 38-daqiqada esa Rafinya gol urib, birinchi bo‘limni yirik hisobda yakunlashga erishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 52-daqiqada Rafinya  dublini rasmiylashtirib,  beshinchi golni kiritdi. Uchrashuv yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi va Hansi Flik shogirdlari yarim finalda “Atletik Bilbao” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, “Barselona” Ispaniya Superkubogi finaliga yo‘l oldi. Finalda kataloniyaliklar “Real Madrid” – “Atletiko Madrid” uchrashuvida g‘olib chiqqan jamoaga qarshi bahs olib boradi.

“Real Madrid” va “Atletiko Madrid” o‘rtasidagi ikkinchi yarim final uchrashuvi bugun, 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Ispaniya Superkubogi “Atletik Bilbao”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing