Bayden Trampga keskin ayblov qo‘ydi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden amaldagi Prezident Donald Trampni keskin tanqid qilib, uni mamlakat tarixidagi “eng korrupsiyalashgan” rahbar deb atadi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Bayden bu bayonotni omma oldida aytgan. Shuningdek, u atrofdagilar tomonidan olqishlanganini bildirgan.

“Bu – Amerika Qo‘shma Shtatlari tarixidagi eng korrupsiyalashgan Prezident”, deydi Bayden.

Shuningdek, u Trampni Kapitoliy voqealarida ishtirok etgan shaxslarga nisbatan moliyaviy yordam uchun 1,8 milliard dollarlik “yashirin fond” yaratganlikda hamda kriptovalyuta savdosida ehtimoliy manipulyatsiyalarda ayblagan.

“Men prezident bo‘lgan paytimda ham demokratiyamiz xavf ostida ekanini aytganim uchun meni tanqid qilishgan edi”, deydi Bayden.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp “sharmandali loyihalari” bilan shug‘ullanmoqda va davlat muassasalarini o‘z nomi bilan bog‘lashga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH sobiq prezidenti Jo Baydenning 56 yoshli o‘g‘li Xanter Bayden amaldagi davlat rahbari Donald Trampning o‘g‘illari – 42 yoshli Erik Tramp va 46 yoshli kichik Donaldni “qafasdagi jang”ga (MMA) chorlagandi. Agar ushbu jang bo‘lib o‘tsa (bu shubhali bo‘lsa-da), u 4 iyul kuni nishonlanadigan Amerika Qo‘shma Shtatlari mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlanishi mumkin. Xanterning tushuntirishicha, unga kinorejissyor va jurnalist Endryu Kellaxan qo‘ng‘iroq qilib, shunday jangni tashkil etishni taklif qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Jo Bayden tanqid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing