Bektemirda soliq inspeksiyasi xodimi va inspektor pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
08:39 2647 1 daqiqa
Toshkent shahrining Bektemir tumanida soliq inspeksiyasining sho‘’ba boshlig‘i 4 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bektemir tumani soliq inspeksiyasining sho‘’ba boshlig‘i mahalliy tadbirkorga tegishli do‘konda xaridorga savdo cheki berilmaganligi holati bo‘yicha ariza kelib tushganligidan xabardor bo‘lib, xizmat mavqeidan foydalangan holda ushbu murojaat bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va sudga taqdim etmaslik evaziga 4 mln so‘m miqdorida pora talab qilgan.
U mazkur pul mablag‘ini soliq inspeksiyasi inspektori orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida joriy yilning aprel oyida mazkur inspektor aynan mana shu do‘konda boshqa bir mijozga savdo cheki berilmagani holati bo‘yicha kelib tushgan murojaatni ko‘rmasdan qoldirish evaziga 1,5 mln so‘m olganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu soliq xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar bilan bog‘liq tekshiruvni “ijobiy hal qilib berish”ni va’da qilgan IIB xodimi va vositachi tezkor tadbirda ushlangandi.
Live
Barchasi