Profilaktika inspektori $10 ming pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektori fuqarodan 10 ming dollar olganda ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, inspektor 2025 yilning dekabr oyida 1995 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli MCHJ hujjatlarini soxtalashtirish orqali IT-xizmati ko‘rsatish evaziga firibgarlik yo‘li bilan chet el fuqarosidan 450 ming AQSH dollari olgan 1990 yilda tug‘ilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va uni javobgarlikka tortishga va’da bergan. So‘ng undan ushbu xizmati evaziga noqonuniy ravishda 10 ming AQSH dollari talab qilgan.

Xabarga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida profilaktika katta inspektori fuqarodan talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Tergovga qadar tekshiruv davomida joriy yilning fevral oyida ichki ishlar organlari tomonidan MCHJ bilan bog‘liq firibgarlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Hozirda katta inspektorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida fuqaroga yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha ishni “bosdi-bosdi” qilmoqchi bo‘lgan profilaktika inspektori qo‘lga tushgan edi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pora inspektor Profilaktika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing