“Beshqo‘rg‘on” bozoridagi yong‘inda halok bo‘lganlar bormi?

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Beshqo‘rg‘on” bozorida katta yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Beshqo‘rg‘on” savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘inda jarohat olganlar bor mazmunda xabarlar tarqalgan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, yong‘indan hech kim jarohatlanmagan.

Qayd etilishicha, kecha, 5 aprel kuni soat 15:56 da tumanning Toshkent katta halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan “Beshqo‘rg‘on” bozorida do‘kon yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘in soat 18:18 da o‘chirilgan.

Majmuaning 3000 kvadrat metr maydoni va moddiy boyliklari, shuningdek, unga tutash bo‘lgan hududdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi hamda 5 qavatli avtoturargoh yong‘indan saqlab qolingan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Beshqo'rg'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing