Toshkentdagi qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
26 mart 3470 1 daqiqa
Bugun, 26 mart kuni Toshkent shahrida joylashgan qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:15 da FVBBga Yunusobod tumani TXAY ko‘chasida joylashgan qurilish mollari sotiladigan do‘konda yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida xabar tushgan. Xabarga asosan voqea joyiga qutqaruv ekipajlari soat 18:24 da yetib borgan. Yong‘in 18:36 da qurshab olingan va 18:42 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Jabrlanganlar yo‘q. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi