Bir biriga qarshi bayonotlar: Tramp Eronga yordam berganini aytdi
Olam
−
27 mart 4983 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp nima uchun Eronga yana vaqt berganini tushuntirdi. Trampning bu haqdagi so‘zlarini CBS News nashri keltirdi.
Uning aytishicha, Eron zarbalarni 7 kunga kechiktirishni so‘ragan, ammo u 10 kun muhlat bergan.
“Ular 7 kun so‘rashdi, men esa 10 kun beraman, dedim. Chunki ular menga kemalar berdi”, degan Tramp.
Shu bilan birga, “The Wall Street Journal” nashrining yozishicha, muzokaralarda vositachilar Eron aslida 10 kunlik kechiktirishni so‘ramaganini aytgan. Bundan tashqari, Eron hali AQSHning 15 banddan iborat tinchlik rejasiga javob ham bermagan.
Tramp avvalroq o‘zining Truth Social tarmog‘ida Eron iltimosiga binoan zarbalarni 10 kunga kechiktirganini ma’lum qilgan edi.
Dastlab, AQSH Prezidenti Eron agar Hormuz bo‘g‘ozini ochmasa, uning energetika ob’ektlariga zarba berishini aytgan. Biroq 23 mart kuni u muzokaralar sababli hujumlarni 5 kunga kechiktirganini bildirgan.
Bu hafta Tramp yana bir bayonot berib, Eron AQSHga “katta sovg‘a” qilganini aytdi. Keyinroq u bu gap bilan Eron 10 ta neft tashuvchi kemaga Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishga ruxsat berganini nazarda tutganini tushuntirdi.
Shuningdek, AQSH Eron tomoniga urushni to‘xtatish bo‘yicha 15 banddan iborat reja taqdim etgan. Ammo Eron bu rejani rad etib, o‘zining 5 banddan iborat shartlarini taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika qo‘shinlarining Erondagi quruqlikdagi operatsiyasi yaqin orada boshlanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi