Biror narsa deyishga erta – Peskov Putinning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishi haqida

Olam

image

Rossiya hozircha “Tinchlik kengashi” tashabbusi bo‘yicha barcha tafsilotlarni bilmaydi va amerikaliklar bilan aloqada o‘z savollariga javob olishga umid qilmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Bunday deyishga hali erta”, deydi Kreml voizi Moskvaning Tramp boshchiligidagi yangi tuzilmaga qo‘shilishi mavhumligiga ishora qilib. 

Peskov, shuningdek, Kreml “Tinchlik kengashi” faqat G‘azo sektoriga tegishli bo‘lish-bo‘lmasligini ham hali bilmasligini aytgan.  

Avvalroq bir qator davlatlar yetakchilari AQSHdan “Tinchlik kengashi”ga a’zo bo‘lish taklifini olgan edi. Kengash 2025 yil oktyabr oyida Isroil va Falastinning HAMAS radikal harakati Misr, Qatar, AQSH va Turkiya vositachiligida kelishib olgan tinchlik rejasining ikkinchi bosqichida ish boshlashi kutilmoqda. 

Peskov avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga kirish taklifi olganini, bu imkoniyat o‘rganilayotganini ma’lum qilgandi. AQSH ham Donald Trampning o‘zi ham Vladimir Putinga taklif yuborilganini tasdiqladi. 

Tramp "Tinchlik kengashi"ga taklif qilgan davlatlar jami 50 ta. Ular orasida Rossiyadan tashqari Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Hindiston, Misr, Turkiya ham bor. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yil 16 yanvarda G‘azo sektorida "Tinchlik kengashi" tuzilishini e’lon qilgan edi. Ushbu tuzilmani tashkil etish Trampning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasining bir qismi bo‘lib, unda xalqaro kuchlarni joylashtirish ham nazarda tutilgan. Birlashmaning ijroiya qo‘mitasi tarkibiga AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff, Prezidentning kuyovi Jared Kushner hamda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler kiradi.

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH G‘azo sektori bo‘yicha xalqaro Tinchlik kengashida doimiy o‘rin olishni istagan davlatlardan kamida 1 milliard AQSH dollari badal kiritishni so‘ramoqda. Ijroiya kengashining birinchi raisi Trampning o‘zi bo‘lib, tashkilot a’zoligiga kimni qabul qilish masalasini aynan u hal qiladi. Tinchlik kengashiga a’zo bo‘lgan har bir davlat uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tayinlanadi va bitta ovozga ega bo‘ladi. Kengash qarorlari ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi, biroq ularning barchasi rais – Tramp tomonidan tasdiqlanishi shart.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Peskov Tinchlik kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing