Bitkoin narxi keskin tushib ketdi
Olam
−
09:13 1757 1 daqiqa
3 fevral kuni kechqurun bitkoin narxi 2024 yilning 6 noyabridan buyon ilk bor 72,9 ming dollargacha pasaydi.
Ma’lum qilinishicha, bu tushish AQSHda 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozonganidan beri qayd etilgan eng past darajadir.
Trampning saylovdagi g‘alabasidan so‘ng kriptovalyutalar bozori keskin o‘sishni boshlagan, investorlar AQSHning yangi Prezidenti raqamli aktivlarga nisbatan do‘stona siyosat yuritishiga umid qilgan edi. Shu sababli kriptovalyutalar birin-ketin tarixiy rekordlarni yangilagan. Biroq, oradan sal ko‘proq vaqt o‘tib, bozor avvalgi darajalariga qaytgan va erishilgan o‘sish deyarli to‘liq yo‘qolgan.
So‘nggi bir sutka ichida bitkoin 2,8 foizga arzonlagan, bir hafta davomida esa uning qiymati 14 foizga pasaygan. Toshkent vaqti bilan soat 13:00 holatiga ko‘ra, bitkoin taxminan 76,4 ming dollar atrofida savdo qilingan. 2025 yilning 6 oktyabrda bitkoin tarixiy maksimum – 126 ming dollarga yetgan edi. O‘shandan buyon uning narxi qariyb 40 foizga tushdi.
Kriptovalyutalar bozorining umumiy kapitallashuvi so‘nggi 24 soat ichida 2 foizga qisqarib, 2,59 trillion dollarga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, “TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, kecha, 4 fevral Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 22 mln 609 ming 956 so‘mga tushgan va 934 mln 151 ming 460 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi