“Biz hammasini bilamiz”. AQSH Eronning Rossiya bilan aloqalariga munosabat bildirdi
Olam
−
07 mart 16026 1 daqiqa
AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegset Rossiya Eronga AQSH qo‘shinlarining joylashuvi va harakatlari haqida razvedka ma’lumotlari bermoqda, degan xabarlar yuzasidan izoh berdi. Bu haqda u CBS telekanalidagi “60 Minutes” dasturiga bergan intervyusida so‘z ochdi.
AQSH Mudofaa vaziriga ko‘ra, Vashington bu ma’lumotlarni tasdiqlamaydi, biroq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va zarur choralarni ko‘rmoqda.
Hegset bu kabi xabarlarni rasman tasdiqlashdan bosh tortgan, ammo AQSH harbiylari vaziyat haqida to‘liq ma’lumotga ega ekanini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH qo‘mondonlari barcha jarayonlardan xabardor.
“Biz hammasini kuzatyapmiz. Bizning qo‘mondonlarimiz nima bo‘layotganini yaxshi biladi”, degan u.
Hegset shuningdek, AQSH dunyodagi eng rivojlangan razvedka tizimlaridan biriga ega ekanini va har qanday tahdidga tezkor javob qaytarish imkoniyati borligini aytgan.
“Bizning razvedkamiz dunyoda eng kuchlilaridan biri. Biz kim kim bilan gaplashayotganini ham bilamiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Eronga AQSH harbiy kuchlarining joylashuvi va harakatiga oid razvedka ma’lumotlari uzatayotgani haqida xabar berilgandi. Qolaversa, 6 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali suhbatlashdi. Suhbat davomida tomonlar AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlarini muhokama qilgan.
Live
Barchasi