BMT Xavfsizlik Kengashi Venesuela bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

Olam

image

Ertaga, 5 yanvar kuni BMT Xavfsizlik Kengashi AQSHning Venesueladagi operatsiyasi tufayli favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Xavfsizlik Kengashiga tayanib, “Sinxua” xabar berdi.

“Raislik dushanba kuni favqulodda yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirmoqda”, deydi BMT huzuridagi Somali doimiy vakolatxonasi matbuot kotibi Xadicha Ahmad.

Ma’lumot uchun, yanvar oyida BMT Xavfsizlik Kengashiga oylik rotatsiya doirasida Somali raislik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvarga o‘tar kechasi Venesuela poytaxi Karakasda portlashlar sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng AQSH Prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar keng ko‘lamli zarbalar berganini, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro esa rafiqasi bilan birga qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi. 

AQSH er-xotinga “narkoterrorizm” bo‘yicha ayblovlar qo‘ydi, yaqin vaqt ichida ular Amerika sudida javob berishi kutilmoqda.

Hozirda Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges mamlakat prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. U allaqachon Nyu-Yorkdagi Bruklin tergov izolyatoriga yetkazilgan Maduro va uning rafiqasini zudlik bilan ozod etishni talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela BMT favqulodda yig'ilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing