BMW’da YPX inspektorini urib yuborgan o‘quvchi qamoqqa olindi (video)
3-sahifa
−
02 mart 14275 1 daqiqa
Yo‘l-patrul xizmati inspektori o‘limida gumon qilinayotgan Doniyor Turg‘unov qamoqqa olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
2026 yil 25 fevral kuni Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov avtomashinada yo‘l-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eshnazarovni urib yuborganligi holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida Turg‘unov Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilgan.
Sudning 28 fevral kungi ajrimi bilan gumonlanuvchi Turg‘unovga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.
Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilib, aybdor shaxsga nisbatan jazo muqarrarligi qat’iy ta’minlanadi.