Boks bo‘yicha Jahon chempionati yakunlandi. O‘zbekistonning umumiy natijasi qanday?
Sport
−
13 dekabr 25601 1 daqiqa
Bugun, 13 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi IBA Jahon chempionatining final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik bokschilar 2 ta oltin va 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Hasanboy Do‘smatov -51 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda rossiyalik Bair Batlayevni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va ikki karra jahon chempioniga aylandi. Shuningdek, u musobaqaning “Eng yaxshi bokschisi” deb topildi.
Umumiy hisobda o‘zbekistonlik sportchilar 9 ta medalga ega chiqdi. Xususan:
Oltin medal egalari:
- -51 kg: Hasanboy Do‘smatov;
- -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev.
Kumush medal:
- -60 kg: Abdumalik Xalokov;
- -80 kg: Javohir Ummataliyev;
- -92 kg: To‘rabek Habibullayev;
- +92 kg: Arman Maxanov.
Bronza medal:
- -54 kg Asilbek Jalilov;
- -75 kg Fazliddin Erkinboyev;
- -57 kg Xo‘janazar Nortojiyev.
Umumiy hisobda O‘zbekiston boks terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Rossiya 7 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza bilan birinchi, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan Qozog‘iston ikkinchi bo‘ldi.
