Boysundagi kondan yana gaz sizib chiqdi (video)
Jamiyat
−
03 noyabr 10977 1 daqiqa
Kecha, 2 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “M-25” konining 202-son gaz qudug‘ida avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nish holati kuzatilgan. Mutaxassislarga ko‘ra, bu holat kondagi geologik jarayon sababli yuz bergan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shundan so‘ng havoga zararli moddalar tarqalishini oldini olish maqsadida gaz tezkor ravishda yana yoqib qo‘yilgan.
“Ushbu jarayon atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda standart yondashuv hisoblanadi va xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘la javob beradi. Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida turibdi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, bu avvaldan konni jilovlash ishlarini olib borish jarayonidagi holat bo‘lib, u yerda hech qanday kutilmagan vaziyatlar kuzatilmagan. Mazkur holat bugun, 3 noyabr kuni soat 01:29 da qayd etilgan zilzila bilan bog‘liq emas.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida ham Boysun tumanidagi “M-25” konidagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning katta bosim bilan otilishi va oqibatda fontanlanish holatining qaytalanishi kuzatilgandi.
Live
Barchasi