Braun universitetidagi otishmada qo‘lga olingan shaxs ozod qilindi

Olam

image

Bugun, 15 dekabr kuni, ikki nafar talabaning halok bo‘lishi (biri o‘zbekistonlik 2007 yilda tug‘ulgan fuqaro) va to‘qqiz kishining yaralanishiga sabab bo‘lgan Braun universitetidagi ommaviy otishma bo‘yicha qo‘lga olingan erkak hibsdan ozod qilindi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Providens politsiyasi boshlig‘i Oskar Peres 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 20 yoshlar atrofidagi erkak ushbu hodisa bilan bog‘liq holda hibsga olinganini aytgan, biroq qo‘shimcha tafsilotlarni ochiqlamagandi.

Shu kunning o‘zida, mahalliy politsiya matbuot anjumanida hibsga olingan shaxs qo‘yib yuborilishi, tergov “boshqa yo‘nalishda” olib borilayotganini ma’lum qildi.

“Biz hali ishni to‘liq ochmadik, ammo yaqin kelajakda bunga erishishimizga ishonaman”, dedi Rod-Aylend shtati bosh prokurori Piter Neronxa.

Uning ta’kidlashicha, dastlab ushbu shaxsni hibsga olish uchun ma’lum dalillar mavjud bo‘lgan, ammo keyinchalik tergov davomida unga nisbatan shubhalar tasdiqlanmagan.

Shu bilan birga, rasmiylar kuzatuv kameralari yozuvlarida aks etgan noma’lum shaxs hali ham asosiy qidiruvdagi shaxs ekaniga ishonishlarini bildirishdi.

FQB direktori Kash Patel 14 dekabr kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida manfaatdor shaxs Braun kampusidan taxminan 30 daqiqalik masofada joylashgan Rod-Aylend shtatidagi Koventri shahridagi mehmonxonadan qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, FQB mutaxassislari gumonlanuvchini aniqlashda geolokatsiya ma’lumotlaridan foydalangan.

Qotil hali ozodlikda yurgan bo‘lishi mumkinligiga qaramay, rasmiylar kampus va uning atrofida joriy etilgan boshpanaga olish to‘g‘risidagi buyruqni qayta tiklamaslikka qaror qilgan.

Ushbu otishma Qurolli zo‘ravonlik arxivi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda AQSHda sodir bo‘lgan qariyb 400 ta ommaviy otishmaning so‘nggisi hisoblanadi. Hozirda ta’lim muassasasida yilning qolgan qismi uchun imtihonlar va darslar bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu otishmada haloq bo‘lganlardan biri O‘zbekiston fuqarosi ekanligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik otishma Braun Rod-Aylend shtati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing