Braziliya va Marokash bahsi ham durang bilan tugadi

Sport

image

Bugun, 14 iyun kuni 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining “C” guruhidan o‘rin olgan Braziliya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi 1-tur uchrashuvi yakunlandi. Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Dastlab 21-daqiqada marokashlik yarim himoyachi Ismoil Saybari darvozabon Alisonning ustidan to‘pni oshirib tashlab, Marokash terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada esa Vinisius Junior hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, har ikki jamoa musobaqadagi ishtirokini bir ochkodan jamg‘arish bilan boshladi.

Joriy yilning 20 iyun kuni 2-turda Braziliya terma jamoasi Gaitiga qarshi maydonga tushadi, 3-turda esa 25 iyun kuni Shotlandiya bilan kuch sinashadi. Marokash terma jamoasi 2-turda 20 iyun kuni Shotlandiyaga qarshi o‘ynasa, 3-turda 25 iyun kuni Gaiti bilan bahs olib boradi.

Guruhning ikkinchi bahsida Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv bugun, 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Braziliya Marokash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing