JCHda ilk sensatsiya: Qatar Shveysariya bilan durang o‘ynadi 

Sport

image

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining “B” guruhidan o‘rin olgan Qatar va Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi 1-tur bahsi yakunlandi. Unda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. Uchrashuv AQSHning Kaliforniya shtati Santa-Klara shahridagi “Levays” stadionida bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam sifatida gonduraslik Said Martines faoliyat olib bordi. 

Hisob 17-daqiqada ochildi. Shveysariya hujumchisi Bril Embolo penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Qatarliklar esa uchrashuvga qo‘shib berilgan 90+4-daqiqada himoyachi Bualem Xuxi tomonidan kiritilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Shu tariqa ushbu jamoalar dastlabki turda bir ochkodan bo‘lishib oldi. Qizig‘i, hozirda guruhda 4 ta jamoa ham bir ochko qo‘lga kiritdi.

Endilikda 2-turda Qatar terma jamoasi joriy ilning 19 iyun kuni Kanadaga qarshi maydonga tushadi. 24 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan 3-turda esa Bosniya va Gersegovina bilan kuch sinashadi. Shveysariya terma jamoasi 18 iyun kuni Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘ynaydi. Guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini esa 24 iyun kuni Kanadaga qarshi o‘tkazadi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Qatar Shveytsariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing