BRB Surxondaryodagi korrupsion holatga izoh berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, “Biznesni rivojlantirish banki”ning (BRB) Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimi pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu xodim viloyat hududiy boshqarmasida kredit ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimda qisqa muddat faoliyat yuritgan va jinoiy ish qo‘zg‘atishga asos bo‘lgan holat bank faoliyati bilan bog‘liq emas. Bu haqda bank rasmiy munosabat berdi.

Ma’lum qilinishicha, bank mas’ul xodimining kredit mablag‘larini ajratishda firibgarlik sodir etgani o‘rganilgan. Aniqlanishicha, joriy yilning sentyabr oyida Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur holatda bankning sobiq xodimi tomonidan tadbirkorlik sub’ektiga kredit ajratish jarayonida garov ta’minotini yuqori baholatib berish bilan bog‘liq firibgarlikka yo‘l qo‘yilgan.

“Ushbu xodim oldin bir nechta tashkilotlarda, jumladan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida kredit ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimda qisqa muddat faoliyat yuritgani va jinoiy ish qo‘zg‘atishga asos bo‘lgan holat bankimiz faoliyati bilan bog‘liq emasligi ma’lum bo‘ldi”, deyiladi xabarda. 

Bankning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi keskin kurashish, salbiy holatlarning oldini olish, kreditlar ajratish jarayonlarida inson omilini kamaytirish va raqamlashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bank mutaxassisi 18,7 gektar yer maydonini 200 mln so‘mga pullamoqchi bo‘lganida qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Biznesni rivojlantirish banki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing